Xudayarxon muzeyiga xush kelibsiz
Muzey haqida
Qo‘qonda birinchi rasmiy muzey 1925 yilda sobiq Xudoyorxon o‘rdasi binosida ochilgan. Xudoyorxon o‘rdasi muzeyning eng asosiy boyligi, eng asosiy eksponati hisoblanadi. XIX asrning muhtasham obidalaridan bo‘lmish Xudoyorxon o‘rdasi O‘zbekiston zaminida mavjud uchta saroy inshootlaridan biridir. O‘rda Qo‘qon xonlari (1709-1876) tomonidan qurdirilgan oltita saroylarning eng oxirgisi va yagona saqlanib qolgani hisoblanadi.

Saroy qurilishi va unda qatnashgan ustalar. Saroy inshooti qurilshida turli shaharlardan bo‘lgan o‘z davrining ko‘plab mohir ustalari ishtirok etganlar. Bosh me’morlikka Mir Ubaydullo Muhandis, sarkorlikka esa Muhammad Turdiali tayinlangan. Shuningdek, Usta Abdullo Roshidoniy, aka-uka Usta Jamol va Usta Jamil, Usta Zokir, Mullo Suyarqul, Usta Solixo‘ja, Fozilxo‘ja Buxoriy, Usta Hakimboy, Usta So‘fi Yo‘ldosh, Usta Marasul, Isaboy Mahsum, Mulla Ahmad Domullo, Muhammad Olim Sirchi va boshqa atoqli ustalar qurilish ishiga jalb etilganlar.

Dastlab ganchdan inshootning «surati» (maketi) tayyorlangan. Loyiha tayyorlashda Amir Umarxon davrida barpo etilgan bog‘ni qayta tiklashga harakat qilindi. Loyiha xon tomonidan tasdiqlangach, qurilish ishlari boshlangan. Qurilishning asosiy qismi 1870 yilda tugallansada, ayrim bezak ishlari bir qancha vaqt davom ettirilgan.

O‘rda binosi o‘sha davrning yirik saroy inshootlaridan bo‘lib, maydoni o‘n sakkiz gektarni tashkil etgan. Atrofi qal’a sifatida baland binolar, qalin devorlar bilan o‘ralgan.

Muzey tarixi. 1876 yilda Qo‘qon shahri Rossiya imperiyasi qo‘shini tomonidan egallanib, Qo‘qon xonligi tugatildi. Xonlikning Farg‘ona vodiysiga kiruvchi hududi Turkiston general-gubernatorligining Farg‘ona oblastiga aylantirildi. Qo‘qon shahri, vaqtincha, mazkur Farg‘ona oblastining markazi bo‘lib turdi. Oblast garnizoni sobiq xon o‘rdasiga joylashtirildi. Biroq, o‘rda binosi o‘sha davr ovrupocha fortifikasiya talablariga mos kelmas edi. Shu tufayli, o‘rda inshootining pastki qismlari buzib tashlanib, o‘rniga o‘sha davr talablariga mos keladigan qal’a qurildi. O‘rdaning saqlanib qolgan qismiga garnizon shtabi, maktab, zobitlar oilalari joylashtirildi, xon qabulxonasi esa cherkovga aylantirildi. Keyinroq esa, ichki saroyning ham katta qismi buzib tashlanib, bir necha hovli va 114 xonadan 19 xonagina saqlanib qoldi.

Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida o‘rda binosida Qashshoqlar qo‘mitasi hamda Qo‘shchi soyuzi idorasi ochildi.

1924 yilda o‘rda binosida Farg‘ona viloyat qishloq xo‘jalik va sanoat ko‘rgazmasi ochiladigan bo‘ldi. Ko‘rgazma pavilonlariga joy ochish uchun yana bir qancha xonalar buzib tashlandi. Ko‘rgazmada qishloq xo‘jalik, chorvadorlik, sanoat mahsulotlari bilan bir qatorda shahar hunarmandlarining mahsulotlari, mohir ustalar tomonidan yaratilgan amaliy san’at asarlari, boylarning mulklari va xonadonlaridan musodara qilingan osori-atiqalar, noyob qurollar, turli jonivorlarning tulumlari ham namoyish etildi. Ko‘rgazmani tomosha qilish asnosida jamoatchilikda “Ko‘rgazmaga qo‘yilgan osori-atiqalar, tulumlar asosida muzey tashkil qilish kerak” degan fikr paydo bo‘ldi. 1925 yilda mazkur eksponatlar asosida muzey tashkil etildi.

Muzey 1929 yilgacha Farg‘ona okrug muzeyi, 1929 yildan 1937 yilgacha Qo‘qon rayonlariaro muzey, 1939 yilda esa shahar muzeyiga aylantirilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘rda binosida harbiy gospital tashkil etilishi munosabati bilan muzey faoliyati to‘xtatildi. Muzey eksponatlari turli muassasa va tashkilotlarga tarqatib yuborildi. Urushdan so‘ng, muzey qaytadan ochiladi. Hamma ishlar, jumladan, eksponat to‘plash ishi xam yangidan boshlandi. Jumladan, Abdusamad Egamberdiyev, Abbosxon Arslonov, Iskandar Umarov, Yaxyoxon Dadaboyev va boshqalar muzeyga eksponat to‘plash ishida faol ishtrok etdilar. Zero, turli tashkilotlarga tarqatilgan eksponatlar talon-taroj qilingan, qarovsizlik oqibatida qiymatini yo‘qotgan edi. 1959 yili muzeyga Qo‘qon shahar o‘lkashunoslik muzeyi maqomi berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrlagi “2017-2027 yillarda Davlat muzeylari faoliyatini takomillashtiriish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora–tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 975– sonli qarori asosida Qo‘qon shahar o‘lkashunoslik muzeyining Qo‘qon madaniyati tarixi muzeyiga aylantirilishi hamda Qo‘qon shahridagi barcha muzeylarning (shu jumladan Qo‘qon adabiyot muzeyi va uning filiali bo‘lmish sobiq Hamza Hakimzoda Niyoziy memorial muzeyi) mazkur Qo‘qon madaniyati tarixi Davlat muzeyi tarkibida birlashtirilishi Qo‘qon madaniyati va uning tarixi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ma’rifiy ishlarni yaxlit va kompleks tarzda olib borish imkonini berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yilda sobiq Hamza memorial muzeyi negizida Buyuk Allomalar muzeyi barpo etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018 yil 19 dekabrdagi “Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori 9 – bandi asosida muzeyga “Qo‘qon davlat muzey qo‘riqxonasi” maqomi berildi.
Muzey xaritasi
image alt
Tashrif rejasi
image altimage altimage alt
Onlayn chiptalarni bron qilish
Lorem Ipsum - это просто фиктивный текст полиграфической промышленности. Lorem Ipsum был стандартным в отрасли фиктивным
Onlayn gid buyurtma berish
Lorem Ipsum - это просто фиктивный текст полиграфической промышленности. Lorem Ipsum был стандартным в отрасли фиктивным
Restoranlar va kafelar
BUYURTMA BERISHQIDIRISH
Lorem Ipsum - это просто фиктивный текст полиграфической промышленности. Lorem Ipsum был стандартным в отрасли фиктивным
KO'RISH
Aloqalar
+998 90 168 03-44info@site.uz
Manzil yozamiz
Bo'lim tayyorlanmoqda
Bo'lim tez orada ishga tushadi