📑 Prezidentimizning «Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (https://lex.uz/uz/docs/6137065)»gi qaroriga asosan 11-oktabr Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi – Xudoyorxon oʻrdasi «Oʻrda maydoni» da «Kokand ethnosport challenge – 2022» respublika festivali va «Etno-chellenj» (Ethno-challenge) bahodirlar o‘yinlari xalqaro festivali boʻlib oʻtdi.

❗️ Tantanali ochilish marosimda Turizm va madaniy me’ros vaziri o‘rinbosari B. Ibragimov, O‘zbekiston etnosport assosiasiyasi raisi O. Norinboyev, Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonovlar festival ishtirokchilarini qutladilar.

🏁 Festivalda Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ishtirokchilar qatnashmoqdalar.

🏛 Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov festival mehmonlarini Xudoyorxon O‘rdasi bilan tanishtirdi. Qo‘qon shahrining qadimiy madaniyati va tarixi xususida muzey direktor oʻrinbosari D. Atamuratova tomonidan ma’lumot berildi. Mehmonlar uchun «Xon qabuli» sahnasi namoyish etildi.