25 мар. 2024

“Tarixiy meros durdonalari” nomli foto ko’rgazma

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini yanada rivojlantirish to’g’risidagi” PF 6165-son Farmonining 2-Ilovasi 30-bandiga muvofiq joriy yilning 19-20 fevral kunlari Qo’qon Davlat muzey-qo’riqxonasi va uning filiallarida tarixiy meros durdonalari to’g’risida fotoko’rgazmalar tashkil etildi. Ushbu ko’rgazma orqali muzeyimizga tashrif buyurgan tomoshabinlarga muzeyning noyob osori-atiqalari qatorida Qo’qon xonligining XIX asrdagi qiyofasi ham aks ettirilgan fotosuratlar ko’rgazmasi namoyish etildi.