25 мар. 2024

“Navoiy gulshani” nomli ko’chma ko’rgazma

Joriy yilning 9-fevral kuni Qòqon Davlat muzey-qòriqxonasi xodimlari hamda 14-maktab òqituvchilari hamkorligida Buyuk òzbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri òtkazildi. Unda muzey hodimlari kòchma kòrgazmalari bilan ishtirok etishdi. Ko’rgazma davomida Navoiy davri aks ettirilgan burchak va Navoiy asarlarining qo’lyozma va toshbosma nusxalar tomoshabinlarga taqdim etildi.