Vazifa va funksiyalari

Bosh sahifa | Vazifa va funksiyalari

Korxonaning maqsadi va asosiy vazifalari

Korxonaning asosiy maqsadi – biriktirilgan avtomobil yo‘llarida yil davomida, kechayu kunduz, uzluksiz yo‘llardan foydalanish xizmatini tashkil etib, transportda yuk tashish sarf – xarajatlarini doimiy ravishda kamaytirgan holda yo‘ldan foydalanuvchilarning transportda tashish ehtiyojlarini qondirish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini soz holda saqlashni ta’minlash, uni butun choralar bilan rivojlantirish va takomillashtirish hisoblanadi.

Quyidagilar Korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi


  • transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, o‘ziga biriktirilgan avtomobil yo‘llarini saqlaydigan uzluksiz ish haftasi shaklida doimiy xarakatdagi xizmatni tashkil etish;
  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini butun uzunligi bo‘yicha qatnov holatida saqlab turish uchun ish turlarini tezkor va sifatli bajarish;
  • yo‘l qurilish ishlariga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalar qo‘llash orqali raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish;
  • temir-beton, asfalt-beton, tovar-beton va noruda mahsulotlarini, hamda metal qurilmalar va mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish;
  • avtotransport, temir yo‘l transporti va boshqa transport vositalari xamda mexanizmlar bilan xizmatlar ko‘rsatish;
  • avtotransport harakatini cheklash yoki vaqtinchalik to‘xtatishga olib keladigan favqulodda hodisalar (tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqa) yuz bergan barcha holatlarda zudlik bilan chora-tadbirlar ko‘rish;
  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar oldini olish;
  • tumandagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining doimiy hisobini olib borish, yo‘l tarmoqlari, yo‘lning texnik holati, harakat jadalligi, harakat xavfsizligi bo‘yicha ishonchli axborot bankini tuzish;
  • Korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati haqida tezkor hisobot va statistik tahlil yuritish

+998 73 572-11-66

info@dangarayul.uz

150502, Farg’ona viloyati, Dangara

tumani Sanoat ko’chasi 14-a uy

Dushanba – Shanba 9:00 – 18:00

Yakshanba – dam olish kuni