📆 Joriy yilning 2022-yil 28-dekabr kuni 🏛 Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi va Qirgʻiziston respublikasi «Oʻzgan» davlat tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi bilan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatish maqsadida memorandum imzolandi.📑 Mazkur MEMORANDUMda o’zaro hamkorlik davomida xodimlar, soha mutaxassislari bilan birgalikda ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish, kelgusida muzeylarni rivojlantirish bo’yicha ko’chma ko’rgazmalar tashkil va boshqa muhim bandlar keltirib o’tilgan.

🔖 Tomonlar mazkur Memorandumga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida madaniyat sohasini yanada takomillashtirish, muzeylar faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar:

✅ O‘zaro tajriba almashish maqsadida Tomonlarning delegasiyalari bilan almashish;

✅ Qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish va o‘tkazish uchun ishchi guruhlarni tuzish;

✅ Konferensiyalar, seminarlar, mashg‘ulotlar, muzey hodimlarining o‘zaro uchrashuvlarini tashkil etish;✅

Muntazam ravishda Tomonlar sohaga oid adabiyotlar va boshqa nashrlarni almashish.

✅ Muzeylar o‘rtasida ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish. Ko‘rgazmani o‘tkazilish vaqti va shartlari tashkilotchi tomonidan belgilanadi.

📈Kelgusida mazkur hamkorlik asosida olib boriladigan keng ilmiy-amaliy ishlar yurtimiz turizmi va muzeyshunoslik sohalariga yanada ijobiy ta’sir ko’rsatishiga ishonamiz.