Muzeylar faoliyati

 

Muzey katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: toʻplamlarni butlaydi va oʻrganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va taʼmirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yoʻl-koʻrsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir.