🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270 farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 🏛Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi 🏛 va uning filiallarida kirish chiptalariga 10% chegirma eʼlon qilinadi. Shuningdek, «Yoshlar turizm haftaligi» doirasida yoshlarga (7-30 yosh) kirish chiptalari bepul qilinganligini eʼlon qiladi.

✅ 2023-yilning 1-yanvaridan 10-yanvarigacha kirish chipta narxlariga 10% (oʻn foiz) chegirma belgilanganligini ma’lum qiladi.

✅ 2023-yil 1-yanvardan 10-yanvargacha “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida yoshlar uchun muzeyga kirish BEPUL.

🔰Barchani muzeylarimizga taklif qilamiz!