Xo‘qandi latif o‘zining boy tarixi bilan qadimdan boshqa shaxarlardan ajralib turadi. “Langar” atamasi bir necha ma’noni bildiradi:

  • 1 .Kemalar, suzuvchi mayoqlar, sol, qayiq va suv yuzasida ushlab turishga moslangan, zanjirga biriktirib, suv ostiga tashlanadigan og‘ir temir chang
  • Qayiqchilar qayiqni sayoz joydan olib o‘tayotganda ishlatadigan uzun, ingichka tayoq.
  • Dorbozlar dor ustida muvozanatni saqlash uchun foydalaniladigan langar cho‘p.
  • Gʻariblar, beva-bechoralar, yetim-yesirlar, musofirlar, darveshlarga savoblik tariqasida yegulik tarqatiladigan xayriya muassasi.

Savob amallardan biri “Langar” deb ataladigan xayriya o‘zlarining muassasining tasis yetilishidir. Davlatmand kishilar muomaladagidan ortiqcha mablag‘lari hisobidan shaharning bo‘sh joylarida, maxsus joylar-langarlar kurib, ularga vaqf mulklari ajratganlar. Langarlarda xaftaning muayyan kunlarida(ayrim langarlarda har kuni) non yopilib, katta qozonlarda biror xil taom (atala, umoch, shulon, shavla, go‘ja osh, juma oqshomlarida palov) tayyorlatib, muxtoj kishilarga tarqatganlar. Langarlarga eng muxtoj kishilar kirganlar. Langar faoliyatini vaqf qiluvchi muassis tomonidan tayinlanadigan mutavvali boshqargan. Uni bazan «Langar oqsoqol» deb xam ataganlar. Vaqfnomalarda langarning faoliyati, byudjet-smetasi aniq belgilab berilgan, yani qancha bug‘doyni un qilib non yopish, taomlarga solinadigan masalliq miqdori, mutavvali, nonvoy, oshpaz va xizmatchilarning maoshlari ko‘rsatib o‘tilgan. Langarlar xayriya muassasi bo‘lganligi uchun muqaddaslashtirilgan daxlsiz hisoblangan. “Langar” so‘zining asl ma’nosi “muvozanatni saqlash vositasi” bo‘lib, bu muassasa ochlar va to‘qlar o‘rtasidagi tafovutni biroz bo‘lsa-da tenglash, jamiyatda muvozatni saqlashga xizmat qiladi. Langar muassisi “langar bobo” deb e’zozlangan va ko‘pincha u vafot yetgach, langar hududiga dafn etilgan.

Ba’zi bir davlatmand kishilar langar tasis etmasalarda, muxtoj kishilarga yordam berishning boshqa yo‘llarini topgan. Bu – xomtaloshdir. Xomtalosh xomicha tarqatish degani. Xomtalosh o‘tkazuvchi boy jumoqshambi (payshanba) kuni peshin namozidan oldin mol so‘ydirib, mahalla guzaridagi biror daraxtga yoki uchoyoqqa osdirib, yoniga pichoq qo‘ydirib qo‘ygan. Mahalla qorovuli bu haqda e’lon tarqatgan. Muxtoj kishilar guzarga chiqib, o‘z yehtiyojlariga yarasha go‘shtni kesib olganlar. Hozirgi kunda ham yigitlarimiz qurbon hayitida qurbonlik so‘yilganda yoki farzand ko‘rganda aqiqa tariqasida mahalladagi kam ta’minlangan xonadonlarga tarqatmoqdalar. Utmishda baьzi kishilar esa o‘z mahallasidagi bevalar va yetimlardan xabar olib, ulurni oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan taьminlab turganlar. Bunday kishilar "Qayyim” degan faxriy nom olganlar.

Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi ilmiy hodimi Bahriddinova Nasibaxon